Andijon davlat texnika instituti Akademik litseyida har payshanba kuni ertalab o‘quvchi-yoshlar va ustozlar ishtirokida jismoniy badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
 “Sog‘lom tanda — sog‘lom aql” shiori ostida o‘tkazilayotgan ushbu mashg‘ulotlar yoshlarning sog‘lom turmush tarziga amal qilishi, jismoniy faolligini oshirishi hamda kunni ko‘tarinki kayfiyat bilan boshlashiga xizmat qilmoqda.
 Ertalabki badantarbiya — sog‘lom hayot sari ilk qadam!
 Harakatda — baraka, sportda — kuch, sog‘lom hayotda — baxt!
Sog‘lom avlod — yurtimiz kelajagi!