Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida an'anaviy "Shanba – sport kuni" doirasida o'quvchi-yoshlar va pedagog xodimlar o'rtasida intellektual salohiyatni sinovdan o'tkazuvchi qizg'in shaxmat musobaqalari bo'lib o'tdi! 
 Ushbu musobaqa ishtirokchilarning mantiqiy fikrlashi, diqqat-e'tiborini jamlashi, tezkor qaror qabul qilish ko'nikmalarini oshirish hamda ular o'rtasida sog'lom raqobat muhitini yaratish maqsadida tashkil etildi.
 Taqdim etilgan shohsupa sari kurashlarda har bir qatnashchi o'zining chuqur o'ylangan yurishlari va taktik mahoratini namoyish etdi. Murosasiz kechgan bahslar davomida ishtirokchilar va muxlislar o'rtasida do'stona hamda ko'tarinki muhit hukm surdi.
 Aqliy zakovat va epchillikni mujassam etgan bunday sport tadbirlari yoshlarning intellektual rivojlanishiga hamda bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishiga xizmat qilmoqda!