Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi keng nishonlandi!
Onatilim – g‘ururim, iftixorim! Akademik litseyimizda o‘zbek tilining boy tarixi, uning jozibadorligi va jamiyatdagi yuksak o‘rnini ulug‘lash maqsadida "O‘zbek tili – millat ko‘zgusi" mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi!
Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan adabiy-badiiy chiqishlar, ona tilimizni madh etuvchi go‘zal she’rlar, kuy-qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga alohida zavq bag‘ishladi.
Shuningdek, so‘zga chiqqan ustoz va mehmonlar tilimizning sofligini saqlash, uni kelajak avlodga bekam-ko‘st yetkazish hamda milliy qadriyatlarimizni e’zozlash har birimizning burchimiz ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdilar.
Barcha yurtdoshlarimizni, ustoz va o‘quvchilarimizni bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz! Tilimiz abadiy yashasin va yuksalib borsin!