"Odam savdosiga qarshi birgalikda kurashamiz!": Akademik litseyimizda profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi!
Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida o‘quvchi-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni odam savdosi kabi og‘ir jinoyatlar qurboniga aylanib qolishining oldini olish hamda ogohlikka da’vat etish maqsadida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda Andijon shahar IIB TKX JQB xodimi M. M. Bohodirov hamda profilaktika inspektorlari Z. Hasanov va O. Mallaboyevlar ishtirok etdilar.
Muloqot davomida soha xodimlari tomonidan yoshlarga:
Odam savdosi jinoyatining mudhish oqibatlari va uning tuzoqlariga tushib qolmaslik usullari;
Xorijga o‘qish yoki ishga ketishda noqonuniy yo‘llardan va firibgarlarning yolg‘on va’dalaridan saqlanish;
Internet va ijtimoiy tarmoqlardagi shubhali takliflarga aldanmaslik hamda ogoh bo‘lish yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Ogohlik va huquqiy bilim — xavfsiz hayotimiz kafolatidir!