Andijon davlat texnika instituti akademik litseyida payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Xorijiy filologiya kafedrasi o‘qituvchilari Botirov A., Isamiddinova G. hamda sport rahbari Mahmudov X. tashabbusi bilan “Til bilgan — el bilar” mavzusida integratsion trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

 Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar turli qiziqarli shartlar, jamoaviy topshiriqlar va interaktiv mashg‘ulotlarda faol ishtirok etdilar. Ushbu treninglar orqali ularning xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, jamoada ishlash hamda o‘zaro hamkorlik qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

 Bunday integratsion mashg‘ulotlar o‘quvchilarning bilimlarini amaliyotda qo‘llashiga, do‘stona muhitda yangi tajribalar orttirishiga va faol bo‘lishiga xizmat qiladi.

 Til bilish — yangi imkoniyatlar sari yo‘l, sport esa birlik va hamjihatlik ramzidir!