Arizani topshirish va qabul qilish bosqichlari. Video 1 Tizimdan https://my.edu.uz/ ro'yxatdan o'ting va shaxsiy ma'lumotlaringizni kiriting Shaxsiy ma'lumotlar kiritiladi hamda sms orqali tasdiqlanadi. Tug'ilganlik to'g'risidagi ma'lumotlar FHDYO organi ma'lumotlar bazasidan olinadi 2 Ta'limga oid ma'lumotlarini kiriting Maktab va shahodatnoma to'g'risidagi ma'lumotlar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining e-shahodatnoma.uz axborot tizimi orqali olinadi. Shuningdek Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan berilgan xorijiy chet tili va tegishli umumta'lim sertifikatlari ham avtomatik tarzda olinadi. 3 Ta'lim yo'nalishini hamda ta'lim tili va chet tilini tanlang hamda tegishli akademik litseyni tanlang Abituriyentlarga roʻyxatdan oʻtishda uchtagacha akademik litseyning taʼlim tili bir xil boʻlgan bittadan mos yoʻnalishini tanlash imkoniyati beriladi. 4 Kirish test sinovlari natijalari bo‘yicha tanlovlarni o‘tkazishning umumiy tartibi quyidagicha amalga oshiriladi: abituriyentning to‘plagan ballari ustuvorlik bo‘yicha u tanlagan birinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu akademik litsey yo‘nalishida eʼlon qilinadi va unga tanlagan ikkinchi hamda uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi; abituriyentning to‘plagan ballari ustuvorlik bo‘yicha u tanlagan birinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan ikkinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu ikkinchi akademik litsey yo‘nalishida eʼlon qilinadi. Bunda abituriyentga tanlagan uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi; abituriyentning to‘plagan ballari ustuvorlik bo‘yicha u tanlagan birinchi va ikkinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari faqat uchinchi akademik litsey yo‘nalishida eʼlon qilinadi; abituriyentning to‘plagan ballari ustuvorlik bo‘yicha u tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, uning kirish test sinovi natijalari birinchi tanlagan akademik litsey yo‘nalishida eʼlon qilinadi. 5 Chet el fuqarolari va xorijda yashovchi fuqaroligi boʼlmagan shaxslarni o‘qishga qabul qilish Chet el fuqarolari va xorijda yashovchi fuqaroligi boʼlmagan shaxslarni oʼqishga qabul qilish akademik litsey tomonidan amalga oshiriladi. Chet el fuqarolari va xorijda yashovchi fuqaroligi boʼlmagan shaxslar akademik litseylarga suhbat natijasiga koʼra qabul parametrlaridan tashqari, toʼlov-kontrakt asosida oʼqishga qabul qilinadi. 6 Toshkent davlat yuridik universiteti tasarrufidagi akademik litseylarga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjat topshirish 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjat topshirish Toshkent davlat yuridik universiteti tasarrufidagi akademik litseylarga 2024/2025-o‘quv yili uchun umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari tomonidan https://litsey.uzbmb.uz portali orqali topshiradi