Bugun Andijon Mashinasozlik instituti akademik litseyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33-yiligi munosabati bilan soʻzlagan nutqida bildirilgan fikrlar va ularning yoshlar ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini yoritib borish yuzasidan umumiy yigʻilish boʻlib oʻtdi ushbu yigʻilishda litsey direktori A.Abdulazizvov litseyning haftalik hayoti "Najot- taʼlimda , Najot- tarbiyadan , Najot-bilibda" shiori ostida oʻtkazilgan manaviy-marifiy ishlar yakuniga toʻhtalib oʻtdi . Yigʻilishga shahar maʼnaviyat targʻibot markazi vakillari ishtirok edilar YOIBDO G.Ahmediva oʻtgan haftada oʻtkazilgan "Talaba ligasi sport tanlovining natijalarini eʼlon qildi . Talaba ligasida yuqori natijaga erishgan 1-oʻrin 105 guruh 2-oʻrin 104 guruh 3-oʻrin 101 guruh oʻquvchilarini maʼnaviyat markazining qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi . Litsey miqiyosida oʻtkazilgan " Oʻzbekiston -jannat makon diyor videoroliklar koʻrik tanlovida ishtirok etgan 1-oʻrin 102 guruh 2-oʻrin 205 guruh 3-oʻrin 203 guruh Egalladi . Yigʻilish soʻngida haftalik rejalar tuzib olindi .